Ulgurji hijobli kiyimlarni qanday tanlash kerak?
Optom kiyim, ulgurji ko'ylak va ulgurji hijob: resellerlar uchun mato, razmer, narx va partiya tanlash.
Ulgurji hijobli kiyim olish — chakana xarid emas. Bu yerda bitta xato butun kapitalni "muzlatishi" mumkin. Optom kiyim tanlashda his-tuyg'udan ko'ra hisob va tajriba ishlaydi.
1. Avvalo mijozingizni biling
Kimga sotasiz: yosh qizlar, 35+ ayollar, viloyat yoki shahar? Shu javob rang, narx va fasonni belgilaydi.
2. Razmer qatori — savdoning yuragi
Faqat 48–50 bilan to'xtamang. Ko'p joylarda 52–54 ham faol so'raladi. Ulgurji ko'ylak partiyasida to'liq qator — kamroq "osilib qolgan" tovar.
3. Mato bo'yicha balans
70% kundalik (Prado va amaliy matolar) + 30% bayram/shifon — ko'p resellerlar uchun ishlaydigan formula.
4. Narx va ustama
Optom narxga yetkazish, do'kon ijarasi, reklama va qaytish/brak riskini qo'shing. Keyin chakana narxni qo'ying. "Eng arzon" partiya eng foydali bo'lmasligi mumkin.
5. Yetkazuvchini tekshiring
Sex bormi? Qayta buyurtma bera olasizmi? Bron bormi? Real foto/video bormi? Ulgurji hijob bozorida ishonch — eng qimmat aktiv.
6. Sinov partiyasi
Yangi hamkor bilan avval kichik partiya. Sotuv tezligini ko'rib, keyin kattalashtiring.
Tez-tez so'raladigan savollar
Minimal buyurtma qancha bo'lishi kerak?
Yetkazuvchiga bog'liq. Yangi boshlovchiga bitta modelning razmer qatori bilan start qulay.
Qachon yangi kolleksiya olish kerak?
Mavsumdan oldin. Hayit/yoz oldidan kechikmang.